18:39 Xalq artisti Malika Ahmedovaning 600 ming dollarlik mol-mulki o‘g‘irlandi. U tergovdan norozi | |
Ma’lum qilinishicha, 11 aprel kuni Malika Axmedova Mirzo-Ulug‘bek tumani prokurori Aliakbar Po‘latovning qabuliga taklif qilingan va uning tergov bilan bog‘liq e’tiroz va vajlari tinglangan. Qabul davomida M.Axmedovaga tuman prokuraturasiga taqdim qilingan jinoyat ishi tegishli tartibda o‘rganib chiqilganligi va tergov organiga ish bo‘yicha qo‘shimcha tergov harakatlarini o‘tkazish haqida yozma ko‘rsatma berilganligi tushuntirilgan. “8 aprel kuni jinoyat ishi ayblov xulosasini tasdiqlash va sudga yuborish uchun tuman prokuraturasiga taqdim qilingan”, deyiladi xabarda.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|