Главная » 2022 » Ноябрь » 22 » Jizzaxda mast erkak xotinini urib o‘ldirdi. Jinoyat yashirilyaptimi?
15:20

Jizzaxda mast erkak xotinini urib o‘ldirdi. Jinoyat yashirilyaptimi?


Bundan bir hafta oldin Jizzaxda mast er xotinini urib, o‘ldirib qo‘ygan. Hodisa haqida huquq-tartibot organlari miq etmay kelayotganiga qaramay, Sharof Rashidov tumani hokimligi bu haqda xabar berdi. 

Qayd etilishicha, joriy yilning 15 noyabr kuni soat 16:53 da viloyatning Sharof Rashidov tumani Yangidiyor mahallasi, yangi hovlida yashovchi 1972 yilda tug‘ilgan O‘.A. rafiqasi 1983 yilda tug‘ilgan fuqaro I.S.ga mast holatda “Nega meni haqorat qilasan”, deb qo‘li bilan tanasining turli joylariga urib tan jarohati yetkazgan. 

Oqibatda I.S olgan tan jarohati sabab voqea joyida vafot etgan.

Sharof Rashidov tumani hokimligi Matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, ushbu jinoyat viloyat prokuraturasi, viloyat IIB maʼsul rahbarlari va tuman sektor rahbarlari, MFY raisi, xotin qizlar faoli, profilaktika inspektori, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va keng jamoatchilikdan 100 dan ziyod fuqarolar ishtirokida muhokama qilingan. 

Holat bo‘yicha gumonlanuvchi qo‘lga olinganmi yo yo‘qmi, Jinoyat kodeksi moddalari bo‘yicha ish qo‘zg‘atilganmi – bular nomaʼlum.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Jizzaxda, urib, Erkak, yashirilyaptimi, jinoyat, o‘ldirdi, xotinini, Mast | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя