Главная » 2021 » Январь » 26 » Toshkentda 17 yashar o‘quvchi otasini pichoqlab o‘ldirdi
09:36

Toshkentda 17 yashar o‘quvchi otasini pichoqlab o‘ldirdi


Joriy yilning 22 yanvar kuni Toshkentda 17 yoshli o‘g‘il o‘z otasini pichoqlab o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.

22 yanvar kuni soat 1:00 da Yakkasaroy tumani IIO FMBning navbatchilik qismiga Shota Rustaveli ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylardan birida oilaviy mojaro yuz bergani haqida xabar tushgan.

IIBB xodimlari tezlik bilan hodisa joyiga yetib borgan. Borganda muqaddam sudlangan 47 yoshli fuqaro A.I. pichoq bilan jarohatlanganini aniqlagan. Erkak shifoxonaga olib borilgan, biroq shifokorlar harakatiga qaramay vafot etgan.

Keyinroq hodisa erkakning maktabda o‘quvchi 17 yoshli o‘g‘li bilan o‘zaro janjali natijasida yuz bergani ma’lum bo‘lgan. 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: o‘ldirdi, pichoqlab, o‘quvchi, Otasini | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя