Главная » 2018 » Апрель » 19 » Toshkentda er 26 yoshli ayolini pichoqlab, o‘ldirdi
21:14

Toshkentda er 26 yoshli ayolini pichoqlab, o‘ldirdi


Toshkent shahrining Yashnobod tumanida oilaviy nizo oqibatida er yoshgina ayolini pichoqlab, o‘ldirdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

"18 aprel kuni soat 12.30larda, Tuzel 3-daha 29-uy 32-xonada yashovchi, 1992 y.t. D.Azizov M.Ulug‘bek ko‘chasida joylashgan “Yashnobod tumani FHDYo” binosi oldida oilaviy janjal oqibatida birga yashagan turmush o‘rtog‘i, 1993 y.t. O.Azizovani qorin va ko‘krak qismlariga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan", - deyilgan xabarda.

Natijada O.Azizova kasalxonaga keltirilganida vafot etgan. D.Azizov qo‘lga olingan.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: er, ayolini, o‘ldirdi, pichoqlab, toshkent, 26 yosh | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя