Главная » 2022 » Ноябрь » 9 » Sobiq UFC chempioni “Liverpul”ni sotib olmoqchi
19:10

Sobiq UFC chempioni “Liverpul”ni sotib olmoqchi


Kecha “Mersisayd” klubi sotuvga qo‘yilgani haqida xabar tarqalgan edi.

Sobiq ikki karra UFC chempioni Konor Makgregor “Liverpul” futbol klubini sotib olish niyatida ekanligini ma’lum qildi.

“Liverpul” sotuvga qo‘yilgandan so‘ng ijtimoiy tarmoqdagi muxlis jangchidan klubni sotib olishni so‘radi.

“Jonim bilan! Men bu haqda ma'lumot so‘radim, ha. Jamoa sotuvga qo‘yilganini eshitishim bilanoq. Voqealarda qanday burilish! Qayday klub!” Makgregor yozgan.

Irlandiyalik futbolchi avvalroq “Seltik”, “Chelsi” va “Manchester Yunayted”ni sotib olmoqchi ekanligini aytgandi.

7-noyabr kuni 2010-yildan buyon “Liverpul”ga egalik qilayotgan Fenway Sports Group (FSG) potentsial xaridorlar uchun taqdimot tayyorlagani va uni jamoaga qiziqqan har bir kishiga sotishga tayyorligi ma’lum bo‘ldi.

Manbalarga ko‘ra, “Liverpul” klub tarixi, sovrinlari, global muxlislar bazasi va yuqori tijoriy qiymati tufayli 4 milliard funt sterlingdan oshiqroq baholanishi mumkin.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: chempioni, olmoqchi, Liverpulni, sotib, ufc, sobiq | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя