Главная » 2023 » Январь » 23 » “Shaxsiy hayotimni tiklashga umidim qolmagan”. Aktrisa Zuhra Soliyeva sobiq turmush o‘rtog‘ining xiyonatiga to‘rt yil chidagani haqida
16:48

“Shaxsiy hayotimni tiklashga umidim qolmagan”. Aktrisa Zuhra Soliyeva sobiq turmush o‘rtog‘ining xiyonatiga to‘rt yil chidagani haqida


Komedik rollarni mahorat bilan ijro etuvchi aktrisa Zuhra Soliyeva “Sevimli” telekanalining “Mashhurlar” ko‘rsatuviga bergan intervyusida hayoti davomidagi zarbalar, bolaligi va turmush o‘rtog‘ining xiyonati, farzandli bo‘lish uchun kaltaklarga chidagani, xolasi — xalq ardog‘idagi aktrisa Saida Rametova bilan oralariga sovuqchilik tushgani haqida gapirib berdi.

“Yaqin do‘st, ko‘nglingizni xursand qila oladigan inson topish juda qiyin”

Hayotimda bitta narsada — shaxsiy hayotimni tiklashda umidsiz bo‘lib qolganman. Uni tiklashning iloji yo‘q, xohishim ham yo‘q. Umidni sindirganlaridan keyin uni qayta tiklash juda qiyin bo‘ladi. Hozir kim bilandir do‘st bo‘lsangiz, bu oxirigacha mening do‘stim bo‘lib qoladi, deya olmaysiz. Agar inson shunaqa yaqin topsa, yo‘qotmaslikka harakat qilishi kerak. Yaqin do‘st, ko‘nglingizni xursand qila oladigan inson topish juda qiyin.

“Aybim ayol kishi ekanimni faqat o‘zim bilganim bo‘lgan”

Yaqinda bir voqeaga duch keldim. Jabrlangan, mehnat qilgan, natijada aybdor ham o‘zim bo‘ldim. Uyalmasdan erkak kishi bo‘lib meni aytmagan gaplarimga aybdor qilganlarga uchradim. Juda dilim og‘ridi. Bundan oldin hayotimda juda ko‘p zarbalar yeganman, o‘zimga nisbatan aytilgan xunuk gaplarni, dilozorliklarni ko‘rganmanki, bu u darajalik og‘ir bo‘lmadi. Turmush qurganimda ham shu narsaga duch keldim. Aybim ayol kishi ekanimni faqat o‘zim bilganim bo‘lgan. Shundan keyin qo‘limni siltab qo‘ydim. Dunyodagi har bir ayol umrini oxirigacha ayolligini his qilsin. Turmush o‘rtog‘i u bilan janjal qilganda ham ayolligini bilib tursin.

Xolam Saida Rametovaga havas qilib aktrisalikni tanlaganmiz” 

Oila yettita farzand bo‘lganmiz, rahmatli Fotimadan keyin oltita qoldik. Birinchi yanvarda Fotimamni yo‘qotganimga yigirma uch yil bo‘ldi. Oilada juda erka bo‘lganman, katta farzand bo‘lganim uchun otam ham juda erkalatgan. Hamma orzularimni ushaltiradigan oilada katta bo‘lganman. Bizning oilamizning eng asosiy qonuni birovning dilini og‘ritmaslik bo‘lgan. Xolam Saida Rametovaga havas qilib aktrisalikni tanlaganmiz. Bizning oilamizdagi ko‘pchilikda san’atga moyillik bor.

Onam bir xil uslubda bo‘lsa ham yaxshi doira chaladi. Birinchi yanvarda shunday mojarolar  bo‘lganida, dilimni og‘ritishganda uyda baland ovozda baqirib, Fotima o‘lmaganida shunday bo‘lmasdi, bunday insonlarga uchramas edim, deb yig‘ladim. Ikki yil oldingidek yig‘loqi emasman. Meni yig‘latadigan narsalar qayta ro‘y bersa, ko‘zimga yosh ham kelmaydi. Hozirgi kunda faqat Fotimani eslasam, ko‘zimga yosh keladi. Agar yig‘lasam Fotima tushimga kiradi.
 

“Saida opam bilan munosabatlarimiz uncha yomon emas, yomon ham bo‘lgani yo‘q” 

Saida opam “Bu mening jiyanim, to‘g‘ri kelmasa ham rolga olishingiz kerak”, deb gapirmaydi. Bu narsani boshqalar ko‘rgandir, ammo men ko‘rmaganman. Ular juda optimist inson, meni oliygohga olib borganlarida, “Bu kirishi kerak, meni jiyanim”, demagan. Saida opam: “To‘g‘ri kelsa oling, to‘g‘ri kelmasa olmanglar”, — deb aytgan. Fotimam vafot etgandan olti oy o‘tib men oliygohga kelganman. Agar shunaqa bo‘lganida, men Milliy teatrda sakkiz yil shtatsiz ishlamas edim, Saida opam ular bergan rollarni uddasidan chiqib o‘ynay olsam shtatga olishlarini aytgan.

Ular bilan munosabatlarimiz uncha yomon emas, yomon ham bo‘lgani yo‘q. Faqat uydagi mayda gap-so‘zlar sabab uzilish bo‘ldi. Bir-birimizni ko‘rsak, yuzimizni teskari qilish holati bo‘lmadi. Bizning oilamizda qarindoshchilik degan narsa katta ahamiyatga ega. Hech narsa qarindoshlarni bir-biridan ayira olmaydi. Hammamiz gunohkormiz, xato qilamiz.

“Turmush o‘rtog‘imga bola, oila kerak emas ekan, men shunga to‘rt yil chidadim” 

Har bir ayolning orzusi ona bo‘lish. Hayot bu orzum armon bo‘lib qolishiga majbur qildi. To‘rt yil farzandim bo‘lishi uchun turmush o‘rtog‘imning kaltaklashiga, xiyonat qilishiga, xo‘rlashiga sabr qilganman. Unga o‘zidan boshqa hech narsa kerak emas, o‘z dunyosi bor. Turmush o‘rtog‘imga bola, oila kerak emas ekan, men shunga to‘rt yil chidadim. Imkon berishim bilan dilimni og‘ritishdi. Hozir yolg‘iz bo‘lsam ham, dilim og‘rimasin deyman. Hamma bir xil emas-ku, deyishadi, ammo bir xil emasliklarini isbotlay oladigan erkak hali yo‘q.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: o‘rtog‘ining xiyonatiga to‘rt yil c, Turmush, Aktrisa, shaxsiy, qolmagan, tiklashga, sobiq, Zuhra Soliyeva, umidim, hayotimni | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz