Главная » 2020 » Май » 20 » Sardobadagi falokatdan jabr ko‘rgan Maqtaraal tumani suvlarida xavfli baliq topildi
14:04

Sardobadagi falokatdan jabr ko‘rgan Maqtaraal tumani suvlarida xavfli baliq topildi


Turkiston viloyatining Maqtaaral tumanida oqova suvlardagi baliqlar iste’molga yaroqsiz hisoblanadi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi veterinariya nazorati va Nazorat qo‘mitasiga tayanib, Sputnik xabar berdi.

O‘zbekistondagi Sardoba suv omborining to‘g‘oni buzilganidan so‘ng, Maqtaral tumani hududiga baliq quyildi. Baliq namunalari 12-may kuni veterinariya laboratoriyasiga yuborilgan. Tahlillardan so‘ng baliqning ichki organlarida bir necha turdagi bakteriyalar topilgan. Shu sababli tuman hududida baliq ovlash taqiqlandi.

“Biz ekspertiza natijalarini oldik. Tahlil natijalariga asoslanib, hammani ogohlantiramiz: suv bosgan joylarda baliq ovlamang”, — deydi viloyat inspeksiyasining baliqchilik boshqarmasi boshlig‘i Shaken Boranbay.

Viloyat hududiy inspeksiyasi oqova suvlardagi baliqlarni yo‘q qilishni boshlagan.

Eslatib o‘tamiz, Sardoba suv omboridagi suv toshqini oqibatida Qozog‘istonning Turkiston viloyati Maqtaaral tumani hududida texnogen xususiyatga ega favqulodda holat e'lon qilingandi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, toshqin natijasida viloyat hududida 30 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilingan. Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev toshqindan jabr ko‘rgan Maqtaaral tumani aholisi yangi yoki ta’mirlangan uy joy bilan to‘liq ta’minlanishi, ularning har biriga respublika budjetidan 100 ming tenge berilishini ma'lum qilgandi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: falokatdan, xavfli, Sardobadagi, suvlarida, ko‘rgan, Baliq, topildi, jabr | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя