Главная » 2022 » Ноябрь » 26 » Farg‘onaning Oltiariq tumanidan snaryad topildi
12:24

Farg‘onaning Oltiariq tumanidan snaryad topildi


Farg‘onaning Oltiariq tumanidan snaryad topildi.

Farg‘ona viloyati, Oltiariq tumani IIB bo‘limiga tushgan xabarga ko‘ra, joriy yilning 22 noyabr kuni soat taxminan 12.00 larda, mazkur hududda istiqomat qiluvchi 52 yoshli fuqaro B.H. axlat yig‘ish joyidan zanglagan temir bo‘lagini topib olgan va uyiga olib kelgan.

Xonadoniga kelib temir bo‘lagini ko‘zdan kechirganda ushbu jism portlovchi “snaryad” ekanligini bilib qolgan va hudud profilaktika inspektoriga xabar bergan.

Voqea joyiga tezkorlik bilan Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari va viloyat IIB “sapyor” bo‘linmalari yetib borib, mazkur snaryad zararsizlantirish uchun olib ketilgan.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Oltiariq, snaryad, Farg‘onaning, tumanidan, topildi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя