Главная » 2023 » Февраль » 1 » Toshkentda 12 yoshli qizning murdasi zo‘rlik va qotillik alomatlari bilan topildi
12:20

Toshkentda 12 yoshli qizning murdasi zo‘rlik va qotillik alomatlari bilan topildi


Toshkentning Yangihayot tumanida 31-yanvar kuni 12 yoshli qizning murdasi zo‘rlik va qotillik alomatlari bilan topildi.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan Yangihayot tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “v,z” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha gumonlanuvchi shaxs (29 yoshli erkak) Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.

Gumonlanuvchi shaxs marhumaning xonadonida 2022-yilning yoz oylarida yollanma ishchi sifatida ta’mirlash ishlarini amalga oshirgan.

Bosh prokuratura mazkur ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga to‘sqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitadigan ma’lumotlar va boshqa tafsilotlar oshkor qilinmasligini bildirdi.

Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: bilan, topildi, zo‘rlik, toshkent, qotillik, alomatlari, murdasi, 12 yoshli, qizning | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя