Главная » 2022 » Октябрь » 11 » Samarqandda piyoda YTH qurboni bo‘ldi
11:28

Samarqandda piyoda YTH qurboni bo‘ldi


Kecha, 10 oktabr kuni Samarqand shahrida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida piyoda vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB Matbuot xizmati xabar berdi.

YTH 10 oktabr kuni soat 20:15 larda Samarqandning Gagarin ko‘chasida yuz bergan. Piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan fuqaroni shu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Volkswagen urib yuborgan. YTHda piyoda K.SH. og‘ir tan jarohatini olib, voqea joyida vafot etgan. 

Hozirda holat yuzasidan Samarqand shahar IIO FMB TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JK ning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: piyoda, qurboni, YTH, Samarqandda, bo‘ldi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя