Главная » 2022 » Октябрь » 29 » Samarqandda “Lacetti” 4 nafar piyodani urib yubordi
13:21

Samarqandda “Lacetti” 4 nafar piyodani urib yubordi


Urgut tumanida “Lacetti” haydovchisi 4 nafar piyodani urib yubordi. Samarqand viloyati IIB Yo‘l-harakati xavfsizligi boshqarmasi Axborot xizmati holat yuzasidan izoh berdi.

Qayd etilishicha, 2022 yil 25 oktyabr kuni soat taxminan 22:30 larda Urgut tumani “Gʻo‘s” mahallasi hududidan o‘tuvchi ichki yo‘ldan haydovchi A.O. boshqaruvida bo‘lgan “Lacetti” rusumli avtomashinada tezlikni me’yoridan oshirib boshqarishi natijasida, ushbu yo‘lning qatnov qismidan harakatlanib ketayotgan 4 nafar piyodani urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan.

Natijada, jabrlanganlarning 2 nafari og‘ir tan jaroxati olgani sabab Urgut tuman tibbiyot birlashmasida vafot etgan, 2 kishi esa shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi ko‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: yubordi, nafar, urib, Samarqandda, lacetti, piyodani | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя