Главная » 2023 » Январь » 30 » Nukusda ikki nafar bola nimadan zaharlangani aniqlandi
15:00

Nukusda ikki nafar bola nimadan zaharlangani aniqlandi


Nukusda ikki nafar bola zaharlanib, ulardan biri vafot etgani haqida xabar berilgan edi. Sanepidxizmat matbuot xizmati bunga nima sabab bo‘lganini ma’lum qildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ular tez tayyorlanadigan lapsha mahsulotidan zaharlangani haqida xabarlar tarqalgandi. Aniqlanishicha, ular uyga kemiruvchilarga qarshi dori sepilishidan zaharlangan.

25-yanvar kuni bemor B.B.ning og‘zaki ko‘rsatmasiga ko‘ra tushlikda ukasi M.A. bilan birga uyiga yaqin joydagi oziq-ovqat do‘konidan tez tayyorlanadigan lapsha mahsulotini sotib olib, tayyorlab iste’mol qilishgan. Lapsha mahsulotini tayyorlash jarayonida mahsulotda aynish belgilari, o‘zga yot hid va ta’m sezilmagan.

O‘sha kuni 17:00-18:00 larda B.B. uyida 1-1,5 yildan buyon saqlanib turgan, nomi va ishlab chiqaruvchisi hamda sotib olgan joyi noma’lum 500 grammga yaqin selofan paketda saqlanib turgan, kukun ko‘rinishidagi kemiruvchilarga qarshi dorini uy atrofi, oshxona va bitta xonaga sepib chiqqan. Kemiruvchilarga qarshi dorini sepish vaqti va sepganidan so‘ng xonalarda o‘tkir hid sezilgan.

26-yanvar kuni soat M.A. 7:00-8:00 larda, B.B. soat 9:30-10:00 larda qayt qila boshlagan. Belgilar o‘tib ketmagandan so‘ng tushlik vaqtida tez yordam chaqirilgan. Lekin ota-onasi tomonidan uyda davolanish ma’qul ko‘rilgan. M.A. va B.B. qayt qilishga qarshi dorilar qabul qilgan. O‘sha kuni tungi soat 23:00-24:00 lar atrofida M.A. va B.B. takroriy qayt qila boshlagan.

27-yanvar kuni soat 6:00-7:00 larda tez yordam chaqirib, Respublika bolalar yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yuborilgan. Lekin bemorlarning kasallik belgilari yuqumli kasalliklardan bo‘lmagani sababli Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Qoraqalpog‘iston filialiga yuborilgan.

Shifokorlar tomonidan bemorlarga “Fosfororganik birikmalardan o‘tkir zaharlanishning og‘ir va o‘rta og‘ir darajasi” birlamchi tashxisi qo‘yilgan.

M.A. kelgandagi ahvoli og‘ir holatda, reanimasion chora-tadbirlar olib borilishiga qaramasdan bemorda 27-yanvar soat 09:24 da biologik o‘lim qayd qilindi. Fuqaro B.B ning ahvoli qoniqarli bo‘lib, sog‘ligi shifokorlar nazoratiga olingan.

Yuqoridagi holat bo‘yicha takroriy murojaatlar bo‘lmagan va profilaktik ishlar davom ettirilmoqda.

Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: zaharlangani, nafar, Bola, aniqlandi, Nukus, ikki, nimadan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя