Главная » 2022 » Октябрь » 18 » Samarqandda maktab direktori o‘quvchini do‘pposlab quloq pardasini yirtib yubordi
17:31

Samarqandda maktab direktori o‘quvchini do‘pposlab quloq pardasini yirtib yubordi


Samarqand viloyati Urgut tumanidagi 61-maktab direktori o‘quvchini urib, quloq pardasini yirtib yubordi. Bu haqda Zo‘rTV telekanali "Bu kun" dasturida xabar berildi.

Qayd etilishicha, o‘quvchilardan biri sinfxonada pirotexnika vositasini portlatgan va bundan xabar topgan direktor o‘quvchini sinfdagi bolalar ko‘z o‘ngida kaltaklagan. Oqibatda voqeada umuman aybi bo‘lmagan 12 yoshli bolaning quloq pardasi yirtilib, ketgan.

"Mendan ayb o‘tmagan, uni men portlatmadim. Direktor kelib, meni urdi. Qulog‘im shang‘illab, yiqilib tushayotganimda ‘shantaj’ qima deb, tepib-kaltaklayverdi", — degan o‘quvchi.
 

Jarohatlangan o‘quvchi shifoxonaga olib borilgan.

"Quloq pardasi yirtilgan. Zarba yegan, parda teshilgan. Qon qoldiqlari qolgan",– deydi uni tekshirgan shifokor.

Maktabda direktorning tarafdorlari ko‘pligi, ularning ko‘pchiligi qarindoshlari ekanligi aytilgan. Shu bilan birga voqea sodir bo‘lgan kungi video kameradagi tasvirlar ham o‘chirib yuborilgan. Maktab oshxonasi esa vaqtincha yopib qo‘yilgani ma’lum qilingan.

Jabrlangan o‘quvchining otasi esa ikki kundan buyon ichki ishlar hodimlari undan ariza ham olmaganini ta’kidlagan.

Chaqirtirilgan vaqtdan 2 soat o‘tib, maktabga yetib kelgan tuman xalq ta’limi bo‘limi hodimlari holatdan xabari yo‘qligini aytgan.

"Xalq ta’limi vazirligining 2022-yil 28-iyuldagi 246-sonli odob-ahloq normalari bor. Bu vaziyatda o‘quvchi ham, o‘qituvchi ham ushbu qoidalarni buzgan. Bu borada pedagoglarga ham, o‘quvchilarga ham belgilangan tartiblar bor", — degan XTB hodimi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: pardasini, do‘pposlab, o‘quvchini, quloq, Maktab, yirtib, Samarqandda, yubordi, direktori | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя