Главная » 2022 » Декабрь » 29 » O‘zbekistonda ikki nafar oliygoh rektori ishdan olindi
18:31

O‘zbekistonda ikki nafar oliygoh rektori ishdan olindi


Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot kotibi O‘zbekistondagi ikki oliy ta’lim muassasasi rektorlari ishdan olinganini ma’lum qildi.Unga ko‘ra, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ulug‘bek Azizov va Buxoro muhandislik texnologiya institutining rektori Nusratullo Barakayev lavozimidan ozod etildi.

Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 31-mart kuni Buxoro viloyatiga tashrifi doirasida viloyatdagi 4 ta oliy ta’lim muassasasidan ikkitasida rahbarlar o‘zgargandi.

Xususan, 2013-yildan buyon Buxoro muhandislik texnologiya instituti rektori bo‘lgan Ulug‘bek Muxamedxanov lavozimdan olingan. Uning o‘rnini Nusratullo Barakayev egallagan.

Sotsiologiya fanlari doktori Ulug‘bek Azizov 2020-yil 26-avgust kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga rektor etib tayinlangandi. Ulug‘bek Azizov 2016-yildan hozirga qadar aynan shu universitet huzuridagi Chet tillarini o‘qitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy markazi direktori-prorektor lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: rektori, nafar, ishdan, O‘zbekiston, ikki, olindi, oliygoh | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя