Главная » 2022 » Ноябрь » 14 » Samarqandda “Afrosiyob” poyezdi 18 bosh qo‘yni bosib ketdi
20:11

Samarqandda “Afrosiyob” poyezdi 18 bosh qo‘yni bosib ketdi


Ijtimoiy tarmoqlarda “Afrosiyob” poyezdi lokomotivi qonga belangani aks etgan rasmlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Transport prokuraturasi maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 11 noyabr kuni soat 05:31 da “Buxoro-Samarqand-Toshkent” yo‘nalishida harakatlangan “Afrosiyob” poyezdi “Zirabuloq – Kattaqo‘rg‘on” temir yo‘l bekatlari oralig‘ining 3816 km 3-piketida temir yo‘l izida qarovsiz yurgan 18 bosh qo‘yni bosib ketgan. 

Hozirda ushbu holat bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilib, qo‘ylarni egasi hamda yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.

Shuningdek, Samarqand viloyati Transportda Xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Samarqandda, Afrosiyob, 18, qo‘yni, bosh, KETDI, bosib, poyezdi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя