Главная » 2023 » Май » 12 » Rasman: Umra ziyorati vaqtincha to‘xtatildi
19:51

Rasman: Umra ziyorati vaqtincha to‘xtatildi


Saudiya Arabistonida joriy yilgi Haj mavsumi boshlanishi munosabati bilan Umra ziyorati vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ’ga Umra ziyoratlari sayyohlik agentliklari assotsiatsiyasi xabar berdi.

Assotsiatsiya vakiliga ko‘ra, joriy yilning 5 mayidan boshlab Umra vizalari berilishi bir muddatga to‘xtatilgan.

“Bu mavsumiy va doimiy tartib hisoblanadi. Haj mavsumi tugagach, umra ziyorati yangi 1445 hijriy yil boshlanishiga yana tiklanadi”, deydi Assotsiatsiya vakili.

Tasdiqlanmagan xabarlarda aytilishicha, 15 maydan boshlab Makka shahriga faqat Haj vizasi borlar va Makka shahri aholisi kiritiladi.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: rasman, Umra, ziyorati, vaqtincha, to‘xtatildi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя