Главная » 2023 » Июнь » 5 » Rasman: Benzema Saudiya klubiga ko‘chib o‘tdi
16:32

Rasman: Benzema Saudiya klubiga ko‘chib o‘tdi


Saudiyaning “Al-Ittihod” klubi fransiyalik hujumchi Karim Benzema bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda futbol jurnalisti Fabritsio Romano o‘z sahifasida ma’lum qildi. 

Manbaga ko‘ra, 35 yoshli fransiyalik futbolchi bilan ikki yillik shartnoma imzolangan.

4 iyun kuni “Real Madrid” Benzema mavsum yakunida jamoadan ketishini e’lon qilgandi. Shu tariqa, hujumchi erkin agent sifatida faoliyatini “Al-Ittihod”da davom ettiradi.

Qayd etilishicha, Saudiya Arabistonida Benzema 200 million yevro ishlab oladi.

Benzema 2009 yildan buyon “Real Madrid” safida to‘p surib kelayotgandi. U 353 ta gol bilan klub tarixida Krishtianu Ronaldudan keyin ikkinchi eng yaxshi to‘purar maqomini qo‘lga kiritdi. 35 yoshli hujumchi joriy mavsumda “qaymoqranglilar” safida barcha turnirlarda 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 30 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

“Transfermarkt” ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining qiymati 35 million yevroni tashkil qiladi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: klubiga, Benzema, Saudiya, o‘tdi, rasman, ko‘chib | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя