Главная » 2022 » Ноябрь » 4 » Samarqand shahriga kirish vaqtincha to‘xtatiladi
20:00

Samarqand shahriga kirish vaqtincha to‘xtatiladi


10 va 11 noyabr kunlari Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtinchalik yopiladi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, shahar Samarqandda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammiti munosabati bilan yopiladi.

IIBga ko‘ra, viloyat hududidan tranzit o‘tuvchi transport vositalari uchun aylanma harakat tashkil etilgan. Shuningdek, maxsus flayerlar ishlab chiqilgan.

Haydovchilar flayerdagi QR kod orqali yo‘llarda harakatlanishi uchun ruxsat etilgan aylanma yo‘llardan mobil ilova orqali ham ko‘rishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Samarqand xalqaro aeroporti ham Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammiti munosabati bilan yopiladi.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: shahriga, Samarqand, kirish, vaqtincha, to‘xtatiladi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя