Главная » 2022 » Ноябрь » 4 » Qashqadaryoda deputat o‘quvchini ayovsiz do‘pposlagani aytilmoqda
20:04

Qashqadaryoda deputat o‘quvchini ayovsiz do‘pposlagani aytilmoqda


Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryoda qamashilik deputat 11-sinf o‘quvchisini shafqatsizlarcha kaltaklagani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat Xalq taʼlimi boshqarmasi Matbuot xizmati holatga munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, holat Qashqadaryo viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi va huquqni muhofaza qiluvchi organ masʼullari tomonidan atroflicha o‘rganilmoqda.

Maʼlum bo‘lishicha, 3 noyabrdan 4 noyabrga o‘tar kechasi soat taxminan 03:00larda Qamashi tumani Qamay mahallasida yashovchi N.P. voyaga yetmagan fuqaro Q.E.ni urib tan jarohati yetkazgan.

Qashqadaryo viloyati IIB Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, hozirda Qamashi tuman IIB xodimlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Taʼkidlash joizki, na viloyat XTB, na IIB bolani kaltaklagan fuqaro deputat ekaniga aniqlik kiritmagan.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: do‘pposlagani, ayovsiz, o‘quvchini, aytilmoqda, Qashqadaryoda, deputat | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя