Главная » 2022 » Ноябрь » 16 » Polsha hududiga kelib tushgan raketalarni kim otgani ma’lum bo‘ldi
12:51

Polsha hududiga kelib tushgan raketalarni kim otgani ma’lum bo‘ldi


Polsha hududiga kelib tushgan raketalarni kim otgani ma’lum bo‘ldi.

Aniqlanishicha, Polsha sharqida qulagan raketa Ukraina harbiylari tomonidan uchirilgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, Ukraina raketasi mamlakatning energetika infratuzilmasini nishonga olgan Rossiya raketasini urib tushirish uchun uchirilgan.

Polsha Tashqi ishlar vazirligi avvalroq Rossiyada ishlab chiqarilgan raketa Polsha sharqidagi Lyublin voyevodaligining Ukraina bilan chegarasiga yaqin Prjevodov qishlog‘iga qulagani, ikki kishi halok bo‘lganini da’vo qilgandi.

Biroq, Polsha prezidenti Anjey Duda raketaning aniq tegishliligi hali aniqlanmaganini aytdi.

Rossiya Mudofaa vazirligi rus qo‘shinlari Ukraina-Polsha chegarasi yaqinidagi nishonlarga hech qanday zarba bermaganini ma’lum qildi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: tushgan, Polsha, ma’lum, bo‘ldi, kelib, hududiga, Kim, raketalarni, otgani | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя