Главная » 2022 » Октябрь » 31 » Nima uchun ayollar sir saqlay olishmaydi?
11:58

Nima uchun ayollar sir saqlay olishmaydi?


“Faqat hech kimga aytma” iborasi sehrli kuchga ega. Shu iborani eshitishimiz bilan hammasini barchaga aytib bergimiz keladi.
Koʻpchiligimiz sir saqlay olmaymiz, ayniqsa, ayollar. Statistik maʼlumotlarga koʻra, aynan ayollarda “hech kimga aytma”ning saqlanish muddati bor-yoʻgʻi 47 soat-u 15 daqiqani tashkil etar ekan. Muhlat tugagach, nozik jins vakilasi “hech kimga aytilmaydigan” gapni darhol kim bilandir baham koʻrgisi keladi.

Shu oʻrinda yana bir maʼlumot: bir haftada har bir ayol ogʻzidan taxminan 3-4 ta gʻiybat hikoya oʻtadi.

Sir saqlay olmaslikning ham foydasi bor

Ayollar tabiatan koʻp gapirishga moyil. Bu xususiyat ayollarda irsiyatiga muhrlangan desa ham boʻladi, deb hisoblaydi shved ruhshunoslari. Ularning fikricha, ibtidoiy davrda erkaklar ov bilan band boʻlishganda, ayollar gʻorda oʻtirib, uydagi olovni asrash bilan mashgʻul boʻlgan. Bunday “yopiq” jamiyatda qolgan ayol farzandlari, qabiladoshlari bilan koʻp gaplashishdan boshqa iloji boʻlmagan.
Qarabsizki, bu xususiyat sekin-asta shakllana boshlagan. Hozir ham bir-biriga oʻz sirini hikoya qilish ayollar orasida urfdan chiqqani yoʻq.
 

Bu kamchilikmi?

Amerikaning Tafts ilmiy-tadqiqot instituti olimlarining aniqlashlaricha, sir saqlash insonni nafaqat jismoniy, balki ruhiy ezish xususiyatiga ega ekan. Bu aksariyat ayollarga ogʻirlik qiladi va ayol oʻzi istab-istamay “ogʻirligini” toʻkib-sochadi. Bu ongostining organizmni ortiqcha yukdan “boʻshatishi” deganday gap. Birovning sirini aytib qoʻymaslik insondan oʻzini nazorat qilishni talab qiladi. Bu nazoratning kuchayishi esa tabiiyki, har qanday organizm uchun stress.

Baʼzida ayollar sirni ongli ravishda, muayyan narsaga erishish maqsadida “sotib qoʻyadi”. Masalan, sirini ishonib aytgan insonni siz unchalik xush koʻrmaysiz yoki uning bu sirlariga hasadingiz keldi va hokazo... Sirini fosh qilish orqali siz uni barchaning oldida izza qilishni istadingiz. Ruhshunoslar sirlar ortida kamchiliklar yashirin boʻladi, deyishadi. Bu sirni birovga aytish orqali nozik jins vakilasi oʻz kamchiliklarini berkitgisi keladi. Oʻylab koʻring-chi, kamchiliklaringizni oshkor etishni istagan boʻlarmidingiz?

Yomon fazilatmi?

Yoshligida ota-onalari orasida “falonchi menga shunaqangi narsani aytib berdi-ki, dadasi, ishonmaysiz”, singari gaplarni koʻp tinglagan boʻlsa, bu albatta, unda “sirni sotib qoʻyish fazilatini” shakllantiradi. Negaki, bola ota-onaning yashash tizimiga oʻrgangan boʻladi, ulardan ibrat oladi. Shunday ekan, sir saqlay olmaslik yoshlikdan rivojlanayotgan xususiyat boʻlishi mumkin.
 

Qanday qilib sirni saqlab qolish mumkin?

Sirni boshqalarga fosh etib qoʻymaslik uchun inson oʻz ustidan nazoratini kuchaytirishi kerak. Masalan, bu sirni bor-yoʻgʻi unutishga harakat qiling yoki qayta eslamaslikka.
Sizga sirini ishonib aytgan dugonangizning oʻrniga oʻzingizni qoʻyib koʻring: agar uning emas, sizning siringiz oshkor etilganida nima boʻlardi? Quvvatni kerakli, foydali maqsadga yoʻnaltira olish taqiqlangan sirni ichda saqlashga yordam beradi.

Oʻsha sirni eshitganingizdan beri “nahotki shunday boʻlsa-ya”, deb tunlari uxlay olmay, oʻzingizni hech xotirjam tuta olmayotgan boʻlsangiz, ahvol chatoq! Bu holatda ruhshunoslar bir qancha chiqish yoʻllarini taklif etishadi:

• Eng avvalo, “boʻldi, boshqa sir saqlay olmayman” qabilida suhbatdoshingizga balki bu sirni oʻzing aytib koʻrarsan-a, deb ruhiyatingizni biroz yengillashtirishga harakat qiling. Agar u bosh chayqasa, vaziyatga aniqlik kiriting: bu sirni qancha va aynan kimlardan saqlash kerakligini aniqlashtirib oling.
 

• Hammasini toʻkib-sochish mumkin boʻlgan tilsiz suhbatdoshga nima deysiz? Tilsiz suhbatdosh ham boʻladimi, dersiz? Albatta boʻladi, bu qogʻoz va qalam. Bu orqali siz hech kimga zarar yetkazmagan holatda sir yukidan yengillashgan boʻlasiz.

• Sirni birovga aytishdan oldin uning asoratlari haqida oʻylashga harakat qiling, deb maslahat beradi ruhshunoslar. Sir mazmuni ochilgach, bu uning hayotiga, ishiga, umuman faoliyatiga qanday taʼsir koʻrsatishi mumkin? Buni ham oʻylab koʻrganmisiz? Agar sizga ishongan insonni koʻngilsizliklardan ehtiyotlashni istasangiz, oʻylab koʻring, sirni oshkor etishda oʻzligingiz namoyon boʻlmayaptimikan?

• Har qanday sirni “u menga ishonib aytdi, men uni oqlashim kerak”, deya muhofaza qilish mumkin.

Maqolani xitoylik mashhur kinorejissyor Vonn Kar-Vayning “Sevgi kayfiyati” nomli filmidagi bir lavha bilan yakunlashni joiz topdik. Qadim zamonlarda Xitoyda gʻaroyib bir odat boʻlgan: insonda hech kim bilan baham koʻrishni istamagan sir paydo boʻlganida u toqqa chiqqan va oʻziga xush kelgan daraxtni topib, tanasini oʻyib, tirqish ochgan ekan. Sir mana shu tirqishga ohista tovush, pichirlash bilan aytilgan. Koʻngildagi barcha sirlar toʻkib-sochilgach loy olinib, tirqish ogʻzi berkitilgan. Sir shu tirqishda, shu daraxt tanasida asrlar boʻyi qolib ketgan.

Rossiyaning Penza shahrida fransuz Letisii de Bazeler tomonidan yaratilgan “sir tinglovchi” gʻaroyib haykal bor. Bu haykal inson-qush shaklida ishlangan boʻlib, uni mahalliy aholi “Sirin”, deb atashadi. Ichini timdalayotgan sirdan yoki hissiyotlardan qutulishni istagan penzaliklar uni qush qulogʻiga pichirlab aytishar ekan. Sirin esa bu sirni umrbod “saqlaydi”. Toʻgʻri, bu bir qarashda afsonadek tuyulishi mumkin, ammo penzaliklar bunga ishonishadi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Qiziqarli | | Теги: nima, saqlay, Sir, olishmaydi?, uchun, ayollar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя