Главная » 2022 » Ноябрь » 1 » “Manchester Yunayted” hujumchisi borasida bir qarorga kelishi kerak
15:17

“Manchester Yunayted” hujumchisi borasida bir qarorga kelishi kerak


Futbolchi esa klubda qolmoqchi.

“Manchester Yunayted” yanvargacha Markus Reshford bilan shartnomani uzaytirish yoki shartnomani buzish bo‘yicha qaror qabul qilishi kerak.

Hujumchining shartnomasi 2023-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan va MYu u bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzolamoqchi yoki shartnomani 1-yanvarga qadar uzaytirish variantini faollashtirmoqchi, o‘shanda Rashford boshqa klublar bilan muzokara o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi, deb yozadi Daily Mail.

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik Ten Xag Reshfordni loyihaning markaziy o‘yinchisi deb hisoblaydi va futbolchi 7 yoshida qo‘shilgan klubida qolmoqchi.

Tomonlar yangi yil oldidan yangi shartnoma borasida kelishib olishga ulgurmasligi mumkin. Ayniqsa, Reshford Angliya terma jamoasi tarkibida JCh-2022ga borsa, buni amalga oshirish qiyin bo‘ladi. Agar o‘sha vaqtgacha yangi shartnoma bo‘yicha kelishib olishning iloji bo‘lmasa, “Manchester Yunayted” uzaytirish variantini faollashtiradi.

25 yoshli hujumchi joriy mavsumda “Manchester Yunayted” safida barcha turnirlarda 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Kerak, hujumchisi, Bir, Yunayted, kelishi, qarorga, Manchester, borasida | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя