Главная » 2022 » Сентябрь » 23 » “Manchester Yunayted” pullarni sarflash borasida rekordchi
18:32

“Manchester Yunayted” pullarni sarflash borasida rekordchi


Avvalgi rekord esa hamshaharlariga tegishli edi.

“Manchester Yunayted” APLda maoshlar bo‘yicha rekord o‘rnatdi.

Kecha Manchester klubi o‘tgan moliyaviy yil natijalarini taqdim etdi va o‘yinchilarning maoshi uchun 384,2 million funt sarflagani haqida ma’lum qildi - bu o‘tgan yilgidan 61,6 million funtga ko‘p.

The Guardian xabariga ko‘ra, “Man Yunayted” maosh uchun sarflangan mablag‘lar bo‘yicha Premyer-liga rekordini yangiladi. U avvalroq “Manchester Siti”ga tegishli bo‘lib, uning maoshi 355 million funtni tashkil qilgan.

Maosh xarajatlarining oshishiga hujumchi Krishtianu Ronaldu, vinger Jeydon Sancho va himoyachi Rafael Varanning “Manchester Yunayted”ga o‘tishi sabab bo‘lmoqda.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: pullarni, Yunayted, Manchester, sarflash, rekordchi, borasida | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя