Главная » 2022 » Ноябрь » 23 » “Manchester Yunayted” Gleyzerlar oilasi klubni sotishi mumkinligini tasdiqladi
11:37

“Manchester Yunayted” Gleyzerlar oilasi klubni sotishi mumkinligini tasdiqladi


“Manchester Yunayted” matbuot xizmati klubga egalik qiluvchi Gleyzer biznes oilasi jamoani sotish haqida o‘ylayotganini tasdiqladi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan xabarda aytiladi.

Ma’lum qilinishicha, direktorlar kengashi klub uchun strategik alternativalarni o‘rganish jarayonini boshlamoqda.

Avvalroq Gleyzerlar oilasi futbol klubini 4,35 milliard yevroga sotishga tayyor ekani xabar qilingandi. Ma’lumot o‘rnida, “Manchester Yunayted” 2022/2023-yilgi mavsumda APLning 14 o‘yinida 26 ochko to‘plagan.

“Qizil iblislar” turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egallab turibdi. Avvalroq klubda barcha e’tiborni Erik ten Xag boshchiligidagi jamoaning keyingi taraqqiyoti va maydonda muvaffaqiyatga erishish uchun birgalikda ishlashga qaratgani ta’kidlangan edi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: oilasi, Gleyzerlar, Yunayted, mumkinligini, klubni, tasdiqladi, sotishi, Manchester | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя