Главная » 2022 » Октябрь » 6 » Jizzaxlik erkak mahalladosh ayolni pichoqladi
11:14

Jizzaxlik erkak mahalladosh ayolni pichoqladi


Jizzaxda erkak mahalladosh ayolni pichoqladi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Qayd etilishicha, Jizzax shahri Ittifoq mahallasida yashovchi, turmushidan ajragan ayolni o‘ziga tanish mahalladoshi tunlari ijtimoiy tarmoqda allakim bilan xabarlashayotganini sabab qilgan va oshxona pichog‘i bilan qorin qismiga bir marta urib, tan jarohati yetkazgan.

Oqibatda jabrlanuvchi qorin sohasining sanchilib kesilishi tashxisi bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Shuningdek, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlanib, vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: mahalladosh, pichoqladi, Erkak, ayolni, jizzaxlik | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя