Главная » 2022 » Сентябрь » 5 » Samarqandda 61 yoshli ayolni zo‘rlashda ayblangan qidiruvdagi erkak ushlandi
13:03

Samarqandda 61 yoshli ayolni zo‘rlashda ayblangan qidiruvdagi erkak ushlandi


Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida 61 yoshli ayolni zo‘rlagashda ayblanayotgan 36 yoshli erkak qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, 1961 yilda tug‘ilgan ayolni nomusiga tekkanlikda gumonlanib, tergov organlaridan yashirinib yurgan, tumanning Havzak mahallasida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan K.D. qidiruv tadbirlari natijasida qo‘lga olingan.

Viloyat va tumani IIB tezkor xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv tadbirlari natijasida ushbu shaxs dastlab, Jizzax viloyati Zarbdor tumanida, keyinchalik Arnasoy tumanida yashirinib yurgani to‘g‘risida maʼlumot olingan. U Arnasoy tumanida joylashgan ko‘l ortidagi chekka bir hududda yashirinib yurgan vaqtda IIB xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Ayblanuvchi ayni paytda Pastdarg‘om tumani IIBga olib kelingan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

IIBga ko‘ra, ushbu shaxsga nisbatan 2022 yilning 12 mart kuni Jinoyat kodeksining 118-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi. Sirtdan ayblov eʼlon qilinib, qamoqqa olish tarzida ehtiyot chorasi qo‘llanilib, qidiruv eʼlon qilingandi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Samarqandda, Qidiruvdagi, ayolni, ayblangan, zo‘rlashda, Erkak, yoshli, 61, ushlandi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя