Главная » 2023 » Март » 22 » O‘zbekistondagi zilzilada talafotlar bo‘ldimi? FVV ma’lumot berdi
14:56

O‘zbekistondagi zilzilada talafotlar bo‘ldimi? FVV ma’lumot berdi


Avval xabar berganimizdek, bugun, 21 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:47 da Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi. Ushbu zilzila kuchi O‘zbekiston Respublikasi hududida ham sezildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining ma’lum qilishicha, mamlakat hududida hech qanday ko‘ngilsiz hodisalar kuzatilmagan. Bino va inshootlarga zarar yetmagan. 

“O‘z navbatida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholidan sarosimaga tushmaslikni va vahimaga berilmaslikni so‘rab qoladi. Ba’zi-ba’zida shunday zilzilalar respublikamiz hududida kuzatilib turadi”, deyiladi xabarda. 

Zilzila koordinatalari: 

•    36,41 gradus shimoliy kenglik; 

•    70,98 gradus sharqiy uzunlik.  

Magnituda M=6,6. Chuqurlik 220 km.  

Zilzila epimarkazi Toshkentdan 561 km janubiy-sharqda. 

O‘zbekiston Respublikasi hududia sezilish kuchi: 

•    Surxandaryo viloyatida 5-6 ball, 342 km. 

•    Farg‘ona viloyatida 5 ball, 447 km. 

•    Sirdaryo viloyatida 5 ball, 493 km. 

•    Jizzax viloyatida 5 ball, 496 km. 

•    Andijon viloyatida 5 ball, 500 km. 

•    Samarqand viloyatida 5 ball, 504 km. 

•    Namangan viloyatida 5 ball, 514 km. 

•    Qashqadaryo viloyatida 5 ball, 532 km. 

•    Toshkent shahrida 5 ball, 561 km. 

•    Navoiy viloyatida 5 ball, 639 km. 

•    Buxoro viloyatida 5 ball, 684 km. 

•    Xorazm viloyatida 4-5 ball, 1060 km. 

•    Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 ball, 1184 km.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: talafotlar, zilzilada, ma’lumot, Fvv, berdi, O‘zbekiston, bo‘ldimi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя