Главная » 2022 » Ноябрь » 2 » “Chevrolet Onix” dastlabki kundanoq rekord qayd etdi
11:14

“Chevrolet Onix” dastlabki kundanoq rekord qayd etdi


“Chevrolet Onix” sotuvining birinchi kuni rekord darajada tuzilgan shartnomalar soni bilan yakunlandi. Bir kun davomida 30 000 ga yaqin avtomobil uchun shartnoma tuzilgan bo‘lsa, 28 000 dan ortig‘i yangi “Chevrolet Onix” uchun tuzilgan.

“Ushbu ko‘rsatkich “UzAuto Motors” uchun mutlaq rekord. Bu boshqa kunlardagi o‘rtacha shartnomalar sonidan qariyb 30 baravarga ko‘p bo‘lib, “Chevrolet Onix”ning mutlaqo muvaffaqiyatidan dalolat beradi”, – deyiladi kompaniya xabarida.

Qayd etilishicha, mijozlarning “UzAuto Motors” avtomobillariga qiziqishi yuqori va tuzilgan shartnomalarning aksariyat qismi (61 foizi) avtomobilning top komplektasiyasi uchun tuzilgan.

Shuningdek, “General Motors” bilan 2023 yilga kelib ishlab chiqarish quvvatini 500 000 dona, uzoq muddatli istiqbolda esa 1 million dona avtomobilga oshirish masalalari ishlab chiqilgan.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: kundanoq, Onix, Rekord, etdi, chevrolet, qayd, dastlabki | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя