Главная » 2016 » Ноябрь » 17 » 19 yoshli qiz onasini qutqarish uchun o‘gay otasini o‘ldirdi
20:56

19 yoshli qiz onasini qutqarish uchun o‘gay otasini o‘ldirdi


Qozog‘istonning Mangistaus viloyatida yashovchi 19 yoshli qiz onasining hayotini saqlab qolish istagida o‘gay otasini o‘ldirdi, deb yozadi “Nur.kz” nashri.
 
Polisiya bergan ma’lumotlarga ko‘ra, spirtli ichimliklarni doimiy ravishda iste’mol qiladigan erkak rafiqasiga tashlangan va jahl ustida uni o‘ldirmoqchi bo‘lgan. O‘sha vaqtda uyda 15 va 19 yoshli bolalar bo‘lgan. Navbatdagi janjalda o‘zini o‘ta agressiv tutgan o‘gay otasining onasini o‘ldirish istagida ekanini sezgan 19 yoshli qiz qo‘liga tushgan birinchi narsa bilan (o‘tkir predmet) uning boshiga urgan. Natijada erkak voqea joyining o‘zida vafot etgan.
 
Qo‘shnilarning guvohlik berishlaricha, bu oilada doimiy ravishda janjal sodir bo‘lgan. Oila boshlig‘i spirtli ichimliklarga mukkasidan ketib, har safar ayoli va bolalarni kaltaklagan.
 
Sodir etilgan jinoyat yuzasidan Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 99-moddasi, (o‘zini himoya qilish maqsadida odam o‘ldirishsi)ga binoan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
 
Ma’lumot uchun, qotillik shu yilning 11 noyabr kuni sodir bo‘lgan. Biroq OAVga bu haqda endigina xabar berilmoqda.

Umida Yakubova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: ona, o‘gay otasini o‘ldirdi, Qiz | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя