Главная » 2023 » Январь » 26 » Angliya Premyer Ligasining yanvar oyidagi eng yaxshilari nomiga da’vogarlar e’lon qilindi
19:40

Angliya Premyer Ligasining yanvar oyidagi eng yaxshilari nomiga da’vogarlar e’lon qilindi


Angliya Premyer Ligasi yanvar oyining eng yaxshi murabbiyi va eng yaxshi futbolchisi nomiga da’vogarlarni e’lon qildi.

Yanvar oyining eng yaxshi murabbiyi bo‘lish uchun quyidagi mutaxassislar kurash olib boradi:

  • Mikel Arteta (“Arsenal”) – 3 o‘yinda 2 ta g‘alaba va bitta durang;
  • Tomas Frank (“Brentford”) — 3 o‘yinda 2 ta g‘alaba va bitta durang;
  • Stiv Kuper (“Nottingem Forest”) — 4 o‘yinda 2 ta g‘alaba va 2 ta durang;
  • Roberto de Zerbi (“Brayton”) — 3 o‘yinda 2 ta g‘alaba va bitta durang;
  • Unai Emeri (“Aston Villa”) — 4 o‘yinda 3 ta g‘alaba va bitta durang. 
Shuningdek, yanvar oyining eng yaxshi futbolchisi nomiga da’vogar futbolchilar ham e’lon qilindi. 
  • Den Bern (“Nyukasl”) – 3 o‘yinda, bitta g‘alaba, 2 ta durang va 0 o‘tkazib yuborilgan gollar;
  • Brennan Jonson (“Nottingem Forest”) – 2 ta gol va 2 ta assist;
  • Riyod Mahrez (“Manchester Siti”) – 3 ta gol va 2 ta assist;
  • Solli March (“Brayton”) – 3 ta gol va bitta assist;
  • Markus Reshford (“Manchester Yunayted”) – 3 ta gol;
  • David Rayya (“Brentford”) – 11 ta seyv;
  • Bukayo Saka («Arsenal») – bitta gol va bitta assist.

Yanvar oyining eng yaxshilarini aniqlash 30-yanvar, dushanba kuniga qadar davom etadi. Muxlislar ovozi va ekspertlarning fikri asosida natijalar aniqlanadi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: qilindi, eng, Angliya Premyer Ligasi, nomiga, yaxshilari, da’vogarlar, yanvar, e’lon, oyidagi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя