Главная » 2022 » Ноябрь » 16 » Surxondaryoda harbiy xizmat o‘tayotgan qashqadaryolik yigit vafot etdi
12:58

Surxondaryoda harbiy xizmat o‘tayotgan qashqadaryolik yigit vafot etdi


Ijtimoiy tarmoqlarda Termizda harbiy xizmat o‘tayotgan qarshilik yigit vafot etgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi.

Mazkur holat yuzasidan Mudofaa vazirligi rasmiy ma’lumot berdi.

Keltirilishicha, Termizdagi harbiy qismlarning birida xizmat qilayotgan oddiy askar K.Q. sogʻligi boʻyicha shikoyat qilganligi sababli 11-noyabr kuni Markaziy harbiy klinik gospitalga yotqizilgan.

Tibbiy tekshiruvlar natijasida bemor K.Q. “yurakning oʻng boʻlmachasida kontrast toʻldirish defekti (tromb), koʻks oraligʻida hajmli xosila, ikki tomonlama gidrotoraks” aniqlangan.

14-noyabr kuni bemor shoshilinch ravishda “American Hospital” klinikasida kardioxirurg konsultatsiyasiga olib borilgan.

Bemor hayoti uchun tashxis va jarrohlik operatsiyasi oʻta xavfli hisoblanadi. Ammo hayotiy koʻrsatmalarga asosan jarrohlik operatsiyasini bajarish lozimligi sababli klinikada gospital mutaxassislari ishtirokida jarrohlik operatsiyasi o‘tkazilgan.

Bemorning umumiy ahvoli oʻtkazilgan jarrohlik operatsiyasiga mos ravishda ogʻirligicha qolgan. Oʻtkazilgan reanimatsion chora tadbirlarga qaramasdan bemorda biologik oʻlim qayd etilgan.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: etdi, vafot, Surxondaryoda, xizmat, Yigit, o‘tayotgan, harbiy, Qashqadaryolik | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя