Главная » 2022 » Ноябрь » 8 » Farg‘onada hibsxonaga joylashtirilgan mahkum 2 kun o‘tib vafot etdi
18:55

Farg‘onada hibsxonaga joylashtirilgan mahkum 2 kun o‘tib vafot etdi


Qo‘qondagi hibsxonasida saqlanayotgan mahkum vafot etdi. Bu haqda Farg‘ona viloyat IIB xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudining 01.06.2022-yildagi hukmi bilan ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan va probasiya hisobiga olingan mahkum R.N. o‘rnatilgan cheklovlarni buzib, belgilangan hududni tark etganligi aniqlanib, ko‘rilgan choralar natijasida 06.11.2022-yil kuni Toshkent shahrida ushlangan. Shu kuni Qo‘qon shahar IIB Vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.

Joriy yilning 8-noyabr kuni soat 02:56 larda mahkum N.R. o‘zini yomon his qilganligi uchun u bilan birga saqlanayotgan S.Yu. nazoratchi xodimlarni yordamga chaqirgan. Hibsxona xodimlari, muassasaga o‘rnatilgan kuzatuv kamerasi orqali holatni ko‘rib, zudlik bilan tez-tibbiy yordamga murojaat qilishgan. Muassasaga yetib kelgan tibbiyot xodimlari, soat 03:16da mahkumning o‘limini qayd etishgan.

Qo‘qon tumanlararo sud-tibbiy ekspertiza bo‘limining 08.11.2022-yil kunidagi dastlabki tashxisiga ko‘ra marhum R.N.ning o‘limiga “yurakni surunkali ishemik kasalligi, yurak toj qon-tomirlarining o‘tkir yetishmovchiligi” sabab bo‘lgan. Marhumning badanida tan jarohatlari aniqlanmagan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, fuqaro R.N. 23.03.2021yilda JIB Qo‘qon shahar sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, 15.10.2021 yil kuni JIB Piskent tumani sudi tomonidan JKning 74-moddasiga asosan o‘talmay qolgan 1 yil 1 oy 22 kun ozodlikdan mahrum etish jazo muddati shu muddatga axloq tuzatish ishlari jazosiga almashtirilgan va 01.06.2022 yil kuni JIB Qo‘qon shahar sudi tomonidan JKning 46-moddasi 4-qismiga asosan o‘talmay qolgan 1 yil 1 oy 22 kun axloq tuzatish ishlari jazo muddati, shu muddatga sutkaning soat 21:00 dan 06:00 qadar yashash xonadonidan chiqmaslikdan iborat ozodlikni cheklash jazosiga almashtirilgan. Mazkur ajrim Qo‘qon shahar IIB Probasiya bo‘limi tomonidan 01.06.2022 yil kuni ro‘yhatga olinib, mahkumga huquq va majburiyatlari hamda ozodlikdan cheklash jazosini o‘tash tartib-qoidalari, jazodan bo‘yin tovlash oqibatlari, sud tomonidan yuklatilgan majburiyatlarni buzgan taqdirda JKning 48-modda prim 1-moddasi 6-qismiga asosan og‘irroq turdagi jazoga almashtirilishi to‘g‘risida ogohlantirilgan.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: o‘tib, etdi, joylashtirilgan, Farg‘onada, vafot, hibsxonaga, mahkum, Kun | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя