Главная » 2022 » Ноябрь » 16 » Shakira va Jerar Pikening hashamatli uyi $14 millionga sotuvga qoʻyildi
12:55

Shakira va Jerar Pikening hashamatli uyi $14 millionga sotuvga qoʻyildi


Taniqli xonanda Shakira va futbolchi Jerar Pikega tegishli boʻlgan, Kataloniyaning Espluges-de-Lyobregat shahrida joylashgan hashamatli uy sotuvga qoʻyildi. Maʼlumotlarga koʻra, uyda ikkita ulkan yertoʻla, ovoz yozish studiyasi, mashgʻulotlar zali, shuningdek tennis korti va mini-futbol uchun maxsus maydoncha mavjud.

Taniqli juftlik joriy yilning iyun oyida ajrashishga qaror qilgan edilar. Bunga futbolchining xiyonati sabab boʻlgan. Juftlikning 9 yoshli Milan va 7 yoshli Sasha ismli oʻgʻillari ayni vaqtda Shakira bilan birga Barselonada boʻlib turibdi. Xonanda bolalarning vasiyligini olgan va ular bilan birgalikda AQShning Florida shtatiga koʻchib oʻtmoqchi. Jerar Pike esa Ispaniyada qolishni rejalashtiryapti.

Maʼlumot uchun, Shakira va Jerar Pike munosabatlari 2010-yilda boshlangan. Futbolchi Shakira tomonidan kuylangan va Jahon chempionatining rasmiy taronasiga aylangan “Waka Waka (This Time for Africa)” qoʻshigʻi klipida suratga tushgan. Oradan ikki yil oʻtib, ularning toʻngʻich oʻgʻillari Milan, yana ikki yildan keyin esa ikkinchi farzandlari – Sasha dunyoga kelgan.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: qoʻyildi, uyi, Pikening, Hashamatli, Jerar, millionga, $14, sotuvga, VA, Shakira | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя