Главная » 2021 » Июнь » 30 » Putin kimga bo‘ysunishini aytdi
19:06

Putin kimga bo‘ysunishini aytdi


Prezident Vladimir Putin Rossiya saylovchilariga bo‘ysunadi. Bu haqda Vladimir Vladimirovichning o‘zi bugun, 30 iyun kuni “Prezident bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa” loyihasida mamlakat fuqarolari savollariga javob berayotib, ma’lum qildi.

Tadbir doirasida teleboshlovchi Prezident Putin kimga bo‘ysunadi, degan savolni o‘qib eshittirgan. Bunga davlat rahbari: “Rus xalqiga, saylovchilarga”, deya javob qaytargan. 

Putinning ta’kidlashicha, “odamlar saylov qutilari oldiga kelganda bu mahalliy, mintaqaviy yoki milliy miqyosda bo‘lsin, o‘zlari qaror qabul qiladi”.

“Albatta, bu vaziyatda, Prezident, davlat rahbari, unga ushbu yuksak ishonchni bergan odamlarga bo‘ysunadi”, deya xulosa qildi Vladimir Vladimirovich.

O‘z navbatida, Rossiya muxolifati rahbari Aleksey Navalniyning jamoasi ushbu savol-javobga nisbatan “eng kulgili hazil”, deya munosabat bildirishga ulgurdi.

Ma’lumot o‘rnida, Rossiyada so‘nggi prezidentlik saylovi 2018 yilda bo‘lib o‘tgan. Unda Vladimir Putin 67 foiz ovoz to‘plab g‘alaba qozongan. Ushbu davlatda keningi prezidentlik saylovi 2024 yilda bo‘lishi kutilmoqda.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: bo‘ysunishini, Putin | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя