Главная » 2022 » Ноябрь » 15 » Putin Ramzan Qodirovning rafiqasini mukofotladi
12:01

Putin Ramzan Qodirovning rafiqasini mukofotladi


Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ramzan Qodirovning rafiqasi Medni Qodirovaga “Qahramon ona” unvonini topshirdi.

Qayd etilishicha, bu unvon “oila institutini mustahkamlash va bolalar tarbiyasidagi ulkan xizmatlari uchun” berilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Checheniston rahbarining hozirda 14 nafar farzandi bor.

Ma’lumot uchun, “Qahramon ona” unvoni Sovet Ittifoqining eng yuqori darajali mukofoti bo‘lib, bolalar tug‘ilishi va tarbiyasidagi xizmatlari uchun ayollarga berilar edi.

Qizig‘i, bu unvon millionlab insonlarning hayotiga zomin bo‘lgan Ikkinchi jahon urushi yillarida ta’sis etilgan.
Urush yillarida frontda halok bo‘lgan erkaklarning aksariyati yoshlar va o‘rta yoshlilar edi. Mamlakat aholisi sezilarli darajada kamaydi.

“Qahramon ona” unvoni va shu nomdagi ordenning kiritilishi mamlakatga o‘sha davrda yoshlar, kommunizm quruvchilarining yangi avlodi naqadar zarur ekanligini ko‘rsatdi.

“Qahramon ona” faxriy unvoni birinchi marta SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944 yil 27 oktyabrdagi Farmoni bilan berilgan.

Mazkur Farmon bilan “Qahramon ona” unvoni bilan taqdirlangan o‘n to‘rt nafar ayol orasida 1-sonli “Qahramon ona” ordeni va SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1-sonli diplomi 12 bolani tarbiyalagan Moskva viloyati, Mamontovka qishlog‘idan rezident Aleksaxina Anna Savelyevna taqdirlangan. Mukofot unga 1944 yil 1 noyabrda Kremlda topshirilgan.

SSSR tarixida oxirgi marta “Qahramon ona” unvonini berish SSSR Prezidentining 1991-yil 14-noyabrdagi farmoniga muvofiq amalga oshirildi.

1995-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, 431 mingga yaqin ayol “Qahramon ona” ordeni bilan taqdirlangan.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Qodirovning, rafiqasini, mukofotladi, ramzan, Putin | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя