Главная » 2021 » Февраль » 25 » O‘zbekistonga yangi sport turi kirib kelmoqda
20:05

O‘zbekistonga yangi sport turi kirib kelmoqda


Bugungi kunda butun dunyoda jadal suratlarda rivojlanib, ommalashib borayotgan tekbol sport turi tez orada rasman faoliyatini boshlaydi. Joriy yilning o‘zidayoq O‘zbekiston chempionati bahslarining o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, tekbolga 2014 yilda vengriyaliklar – sobiq professional futbolchi Gabor Borshani hamda kompyuter dasturchisi Viktor Xusar tomonidan asos solingan. Tekbol o‘zida stol tennisi va futbol sport turlarini mujassamlagan. Sodda tilda aytganda, futbol va stol tennisi qorishmasi hisoblanadi.   

To‘pni birgina qo‘l bilan o‘ynab bo‘lmaydi. Inson tanasining qolgan barcha a’zolari bilan to‘pga teginish mumkin. Faqat to‘pga ketma-ket tananing bitta a’zosi bilan zarba berilishiga ruxsat etilmaydi. Maqsad to‘pni raqib tomon maydonchasiga tushirish. Javob qaytara olmagan taqdirda zarba yo‘llagan jamoaga ochko yoziladi, xuddi stol tennisiga kabi. 

Xabarga ko‘ra, tarix uchun juda ham qisqa fursat – 6 yil mobaynida tekbol yaxshigina mashhurlik va ommaviylikka erishgan. Bugungi kunda tekbol Lionel Messi, Neymar, Alison, Ronaldino, Luish Figu, Simao Sabroza, Rober Pires, Shon Garne singari mashhur futbol yulduzlarining kundalik mashg‘ulotiga aylangan. “Ayaks”, “Arsenal”, “Chelsi”, “Flamengo”, “Pari-Sen-Jermen”, “Real” kabi klublar tekbolni o‘z mashg‘ulotlariga kiritgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Sport, turi, O‘zbekistonga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя