22:31 O‘zbekistonda karantin davrida OTMlarda hech qanday imtihonlar o‘tkazilmasligi ma’lum qilindi | |
“Karantin davrida talabalarga belgilangan tartibda stipendiya to‘lab berilmoqda. Faqat to‘lov turida o‘zgarish bo‘lishi mumkin. Naqd pul ko‘rinishida olinayotgan stipendiya puli talabaning plastik kartasiga tushirib beriladi. Respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasalarida talabalarga joriy yil mart oyi uchun stipendiya to‘lab berilgan. Shu bilan birga ayrim hollarda to‘lov-kontrakt pulini to‘lamaganligi, akademik qarzdorliklari yoki bank plastik kartasi berilmaganligi bois stipendiya to‘lashda kechikishlarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi. Mazkur masalalar bo‘yicha talabalar dastlab oliy o‘quv yurtiga, so‘ngra vazirlikka murojaat qilishi mumkin”, — dedi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot kotibi Farhod Babashev. Vazirlik vakilining ta’kidlashicha, karantin davrida OTMlarda hech qanday imtihonlar belgilanmagan. Hech kim talabalardan imkonsiz narsani bajarishni talab etmayapti. 15-apreldan e’tiboran aprel oyi stipendiyalarini plastik kartalarga ko‘chirish boshlangan.
Manba: "daryo.uz"
| |
|