Главная » 2022 » Август » 30 » Gulistonda 2 nafar ayolni Rossiyaga fohishalik uchun pullayotgan shaxs qo‘lga olindi
17:19

Gulistonda 2 nafar ayolni Rossiyaga fohishalik uchun pullayotgan shaxs qo‘lga olindi


Sirdaryo viloyati Guliston shahrida 2 nafar ayollarni Rossiya Federatsiyasiga fohishalik qilishlari uchun jo‘natayotgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 22-avgust kuni Sirdaryo viloyati IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir olib borilgan. Ushbu tadbir davomida 1978-yil Jizzax viloyatida tug‘ilgan, Mirzaobod tumanida yashovchi fuqaro M.R o‘zining tanishlari 1986-yilda tug‘ilgan, fuqaro D.N hamda 1991-yilda tug‘ilgan K.K larni Toshkent xalqaro aeroporti orqali, Rossiya davlatiga jo‘natishlik uchun elektron chipta rasmiylashtirib, fohishalik ishlarida yollab, jo‘natayotgan vaqtida Guliston shahar hududidan o‘tgan M-34 yo‘lining Guliston-Toshkent yo‘nalishida tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan daliliy ashyolar bilan qo‘lga olingan.

Xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Guliston shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan fuqaro M.R va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 135-moddasi 2-qismi “b, ye,z” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Gulistonda, shaxs, uchun, fohishalik, qo‘lga, pullayotgan, ayolni, Rossiyaga, nafar, olindi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя