Главная » 2023 » Февраль » 25 » O‘zbekistonda dam olish kunlari havo harorati 5 darajagacha soviydi
11:56

O‘zbekistonda dam olish kunlari havo harorati 5 darajagacha soviydi


“O‘zgidromet” 25-26-fevral kunlari respublika bo‘ylab kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi.

Qayd etilishicha, 25-fevral kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tog‘oldi va tog‘li hududlarning ba‘zi joylarida qor yog‘adi.

Buxoro, Navoiy, Xorazm viloyatlarida kechasi va ertalab biroz qor yog‘adi Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha quruq ob-havo kuzatiladi. Havo harorati pasayadi va ko‘plab hududlarda kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq, shimolda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Respublika bo‘yicha ba‘zi joylarda shamol 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda.

26-fevral kuni O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha quruq va kam bulutli ob-havo bo‘ladi. Respublikaning katta qismida harorat kechasi 2-5 darajagacha sovuq bo‘ladi. Kunduzi quyosh chiqishi hisobiga havo harorati 7-12 darajagacha iliq bo‘ladi.

Respublika bo‘yicha ba‘zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shu kunlarda respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.

Toshkent shahrida esa 25-fevral kuni vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi, 12-15 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va ertalab 3-5 daraja iliqni tashkil etadi, kunduzi 0-2 darajagacha iliq bo‘ladi.

Yakshanba kuniga kelib, yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Havo harorati kechasi 2-4 daraja sovuq, kunduzi 8-10 daraja iliq bo‘ladi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: kunlari, olish, havo, soviydi, harorati, Dam, darajagacha, O‘zbekiston | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя