Главная » 2023 » Январь » 26 » Dam olish kunlari havo harorati ko‘tarilishi kutilmoqda
12:19

Dam olish kunlari havo harorati ko‘tarilishi kutilmoqda


O‘zgidromet prognozlariga ko‘ra, joriy yilning 28-29 yanvar kunlari respublika janubiy viloyatlarida kunduz kunlari harorat 10 darajagacha ko‘tariladi. Mazkur kunlari shimol va vodiy viloyatlarida 5 daraja, markaziy va Toshkent viloyati hududlarida 7 darajagacha iliq harorat kutiladi.

Kelayotgan besh kunlikda respublika bo‘ylab yog‘ingarchilik kutilmaydi. O‘zgidromet taqdim etgan xaritada uzoq davom etgan sovuq antitsiklonlar seriyasi respublikadan chekinayotgani tasvirlangan.

Bugun, 27 yanvar kuni respublikaning katta qismida “plyus” harorat bo‘lishi aytilmoqda. Respublikaning katta qismida 3 darajagacha iliq harorat kutilyapti. 

Yog‘ingarchilik kutilmaydi, joylarga tuman tushadi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ko‘tarilishi, harorati, Dam, kunlari, olish, havo, kutilmoqda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя