Главная » 2023 » Май » 5 » Dam olish kunlari nam va salqin havo harorati kuzatiladi
15:09

Dam olish kunlari nam va salqin havo harorati kuzatiladi


Ertaga, 6 may kuni O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengiz hududlaridan nam va nisbatan salqin havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda Respublika Gidrometeorologiya markazi ma’lum qildi.

Joriy yilning 6-7 may kunlari O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzgi havo harorati 18-23 darajagacha pasayadi, bu may oyining boshi uchun bo‘lgan me’yordan 3-5 darajaga pastdir.

7 may kuni respublikaning markaziy va sharqiy viloyatlari bo‘yicha ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati kechasi 8-13 darajagacha pasayadi, kunduzi harorat 20-25 daraja atrofida bo‘ladi.

Respublikaning ayrim joylarida do‘l yog‘ishi mumkin. 6 mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda shamol 22-25 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 5-7 may kunlari vaqti-vaqti bilan momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Baland tog‘larda (2000 m dan yuqorida) yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: salqin, kunlari, harorati, NAM, kuzatiladi, olish, Dam, havo | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя