Главная » 2022 » Сентябрь » 16 » Farg‘onada 41 nafar bog‘cha bolasi zaharlangani aytilmoqda
12:09

Farg‘onada 41 nafar bog‘cha bolasi zaharlangani aytilmoqda


Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotida 41 nafar bolalar zaharlanganligi haqida xabarlar tarqaldi. Farg‘ona viloyati prokuraturasi mazkur xabarlarga munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 14 sentabr kuni soat 18:00 larda Oltiariq tumani tibbiyot birlashmasiga tumandagi 39-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida tarbiyalanayotgan 8 nafar voyaga yetmagan fuqarolar alimentar diareya (nomutanosib ovqatlanish oqibatida ovqat hazm qilish tizimining buzilishi) birlamchi tashxisi bilan yotqizilgan. Bemorlarning umumiy holati qoniqarli.

Shuningdek, 15 sentabr kuni 33 nafar qayd qilingan muassasa tarbiyalanuvchilarning ota-onalari farzandlarini salomatligini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish maqsadida tibbiyot muassasasiga murojaat qilishgan. 

Ularda qayd qilingan kasallik alomatlari aniqlanmagan, 20 nafari kuzatuv ostida shifoxonada qoldirilib, 13 nafari shifoxonadan chiqarilgan.

Mazkur holat yuzasidan hozirda Oltiariq tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda, ekpertiza tekshiruvi uchun tegishli namunalar olinib, sud-tibbiy ekspertizalari tayinlangan.

Tekshiruv viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: aytilmoqda, bog‘cha, 41, Farg‘onada, zaharlangani, nafar, bolasi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя