10:31 Koronavirus necha gradusda batamom yo‘q bo‘lishi ma’lum bo‘ldi | |
Fransiyaning Eks-Marsel universiteti olimlari koronavirusning o‘lim haroratini aniqlashdi, deb xabar beradi Lenta.ru. Qayd etilishicha, tajriba davomida koronavirusning shtammi steril hamda biomaterial naycha ichiga joylashtirilgan. Shundan so‘ng, ikkala namunalar ham bir soat davomida 60 darajaga qadar qizdirilgan. Ma’lum bo‘lishicha, shundan keyin ham steril bo‘lmagan namunadagi virusda ko‘payish holati kuzatilgan. Keyin esa namuna 15 daqiqa davomida 92 darajaga qadar qizdirilgan. Ana shundan keyingina koronavirus butunlay yo‘q bo‘lib ketgan.
Manba: "aniq.uz"
| |
|