Главная » 2022 » Ноябрь » 24 » Koronavirus: Kecha kunlik “rekord” yangilandi
12:13

Koronavirus: Kecha kunlik “rekord” yangilandi


Kecha, 23-noyabr kuni 98 nafar fuqaroda koronavirus bilan kasallanish holati qayd etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ro‘yxatga olingan bemorlarning 5 nafari Buxoro, 2 nafari Jizzax, 1 nafari Navoiy, 6 nafari Namangan, 7 nafari Samarqand, 2 nafari Farg‘ona, 1 nafari Xorazm, 8 nafari Toshkent vilyatida, 66 nafari esa Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida qayd etilgan.

Ta’kidlash mumkin, 22-noyabr kuni 96 nafar fuqaro kasallanish holati aniqlangan edi.

Shuningdek, Nurmat Otabekov ayni kunlarda O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni ko‘payayotganining sababi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 23-noyabr holatiga ko‘ra koronavirus bilan kasallanganlar soni 245 ming 665 nafarni tashkil etib, ulardan 243 ming 234 nafari (99,1 foiz) sog‘aygan, 1 637 nafari (0,6 foiz) vafot etgan.

So‘nggi haftada stasionarga yotqizilgan bemorlar soni 482 nafar, davolanib chiqqanlar soni 358 nafar, karantinga olinganlar 2 ming 310 nafar va karantindan chiqarilganlar esa 1 306 nafarga yetgan bo‘lsa, hozirda koronavirusni davolashga ixtisoslashgan shifoxonalarda 539 nafar bemorlar mavjud va uy sharoitida davolanayotganlar 187 nafarni tashkil etmoqda.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Kecha, Rekord, kunlik, yangilandi, Koronavirus | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя