Главная » 2022 » Июль » 23 » АQSh fuqarosi bir vaqtda ham koronavirus, ham maymun chechagi yuqtirib oldi
15:48

АQSh fuqarosi bir vaqtda ham koronavirus, ham maymun chechagi yuqtirib oldi


  Аmerikaning Kaliforniya shtatidagi Sebastopol shahrida yashovchi Mitcho Tompson bir vaqtning oʼzida koronavirus va maymun chechagini yuqtirdi. Bu haqda “The New York Post” yozmoqda.

  Tompsonning soʼzlariga koʼra, u iyunь oyi oxirida koronavirus uchun ijobiy sinovdan oʼtgan va shundan soʼng u orqa, oyoqlari, qoʼllari va boʼynida mayda qizil dogʼlarni seza boshlagan. Qaytadan test topshirganida shifokor uning COVID-19 va maymun chechagi bilan kasallanganini tasdiqlagan.

  Bemorning aytishicha, bir vaqtning oʼzida ikkita virus unda gripp bilan ogʼrigandek tasavvur uygʼotgan. Kasallik paytida isitma, nafas qisilishi, titroq, tana ogʼrigʼi, terida toshmalar kuzatilgan. Tompson doimo suyuqlik ichgisi kelganini aytgan.

  Stenford universiteti yuqumli kasalliklar boʼyicha mutaxassisi doktor Din Uinslou bunday holatlar boʼlishi mumkinligini tan olgan va ularni “aql bovar qilmaydigan omadsizlik” deb atagan.

  Maʼlumot oʼrnida, maymun chechagi kam uchraydigan virusli kasallik boʼlib, asosan yovvoyi hayvonlardan odamlarga yuqadi. Kasallikning belgilari isitma, bosh ogʼrigʼi, mushak ogʼrigʼi, bel ogʼrigʼi, limfa tugunlari shishishi, titroq va charchoqni oʼz ichiga oladi. Shuningdek, yuz va tananing boshqa qismlarida teri toshmasi ham paydo boʼlishi mumkin. JSST maʼlumotlariga koʼra, maymun chechagi epidemiyasi uchun oʼlim darajasi odatda 1 foizdan 10 foizgacha, oʼlimning aksariyati yosh guruhlarda sodir boʼladi.

Manba: "qalampir.uz"
| Теги: yuqtirib, oldi, vaqtda, chechagi, АQSh, HAM, Koronavirus, Maymun, Bir, fuqarosi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя