Главная » 2017 » Июнь » 16 » Islom Karimovning Samarqanddagi xonadonida iftor dasturxoni yozildi
14:09

Islom Karimovning Samarqanddagi xonadonida iftor dasturxoni yozildi


Bugun, 15 iyun kuni O‘zbekiston bo‘ylab Ramazon oyi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlab iftor dasturlari yozildi.

Shuningdek, Islom Karimov tug‘ilib, voyaga yetgan xonadonda el-yurt uchun iftorlik dasturxoni yozilib, marhum haqiga duolar qilindi.

Payariq tumanidagi Imom al-Buxoriy masjid majmuasida ham iftorlikka to‘planganlar Islom Karimovni xotirlashdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Toshkent shahridagi "Navro‘z" restoranida tashkil qilingan iftorlik dasturxonida ishtirok etgani haqida xabar bergan edik.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Islom Karimov, yozildi, xonadon, Samarqand, iftor dasturxoni | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя