Главная » 2022 » Декабрь » 12 » iPhone yoki Galaxy. Qay biridan ko‘proq foyda olinmoqda?
20:21

iPhone yoki Galaxy. Qay biridan ko‘proq foyda olinmoqda?


iPhone yoki Galaxy. Qay biridan ko‘proq foyda olinmoqda?

Samsung o‘zining buklanadigan smartfonlari bilan katta pul ishlab topmoqda. Bu haqda Nikkei indeksi hisobotiga tayanib iXBT nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Samsung tomonidan ishlab chiqarilayotgan Galaxy Z Fold 4 kabi buklanadigan smartfon modellarining bozori chaqqon bo‘lmoqda. Bunday qurilmalarni ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan texnologiyalar ancha qimmat. Shuning uchun smartfonning o‘zi ham arzon emas. Ammo Galaxy Z Fold 4‘ning ishlab chiqarish qiymati uning chakana narxining atigi 40 foizini tashkil qiladi. Albatta, bu ilmiy-tadqiqot va boshqa shunga o‘xshash xarajatlarni hisobga olmaydi, lekin shunga qaramay, bu ko‘rsatgich katta foydani anglatadi. Ya’ni har bir sotilgan Galaxy Z Fold 4 uchun kompaniya yaxshigina (60%) foyda oladi. 

Taqqoslash uchun, iPhone 14 Pro Max‘ning ishlab chiqarish qiymati uning chakana narxining 46 foizini tashkil etadi. Bu degani Apple har bir smartfondan Samsung‘ga qaraganda kamroq foyda olishini anglatadi. Shu bilan birga, Galaxy Z Fold 4 umuman olganda iPhone 14 Pro Max’dan qimmatroq.

Ta’kidlanishicha, Samsung lokalizatsiya jihatdan ham yaxshi natijaga erishgan. Chunki, barcha komponentlarning deyarli 50 foizi smartfon ishlab chiqarilgan joyda ishlab chiqariladi. Bu esa Samsung’ga qimmat ekran kabi ba’zi butlovchi qismlarni o‘zi ishlab chiqarish va bu orqali foydani saqlab qolish imkonini beradi.


Manba: "Qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: olinmoqda?, Galaxy. Qay, biridan, ko‘proq, Yoki, foyda, iPhone | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя