Главная » 2017 » Август » 19 » FIFA yilning eng yaxshi murabbiyi sovriniga nomzodlarni e’lon qildi
12:38

FIFA yilning eng yaxshi murabbiyi sovriniga nomzodlarni e’lon qildi


FIFA tashkiloti 2016-2017 mavsumining eng yaxshi murabbiy sovriniga ega chiqishi mumkin bo‘lgan 12 nomzodni e’lon qildi.

Ular ichida Braziliya terma jamoasi murabbiyi Tite, “Barselona” sobiq murabbiyi Luis Enrike hamda “Real”ning fransiyalik mutaxassisi Zineddin Zidanlar o‘rin olishgan.

Quyida nomzodlar ro‘yxati bilan to‘liq tanishing:
1. Massimiliano Allegri (“Yuventus”)
2. Karlo Anchelotti (“Bavariya”)
3. Antonio Konte (“Chelsi”)
4. Luis Enrike (“Barselona”ning sobiq murabbiyi)
5. Xosep Gvardiola (“Manchester Siti”)
6. Leonardu Jardim (“Monako”)
7. Yoaxim Lyov (Germaniya terma jamoasi)
8. Joze Mourino (“Manchester Yunayted”)
9. Maurisio Pochettino (“Tottenxem”)
10. Tite (Braziliya terma jamoasi)
11. Diego Simeone (“Atletiko”)
12. Zayniddin Zidan (“Real”)

Ma’lumot uchun, eng yaxshi uch mutaxassis FIFAga a’zo terma jamoalar murabbiylari, sardorlari, jurnalistlar va muxlislar orasida o‘tkazilgan so‘rovnomada saralab olinadi.

Sovrin o‘z egalariga joriy yilning 23 oktabr kuni topshiriladi.

Akmalxon Eshonxonov


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: FIFA | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя