Главная » 2022 » Октябрь » 12 » FIFA Jahon chempionati sababli klublarga qancha pul to‘lashi ochiqlandi
19:43

FIFA Jahon chempionati sababli klublarga qancha pul to‘lashi ochiqlandi


FIFA 2022 yilgi Jahon chempionatida futbolchilarning ishtiroki uchun klublarga 200 million dollardan ortiq pul to‘laydi. Bu haqda BBC nashri yozmoqda.

Turnirga o‘z futbolchilarini yuborgan barcha jamoalar bir futbolchining Jahon chempionatida o‘tkazgan har bir kuni uchun taxminan 10 000 dollar atrofida mablag‘ oladi.

FIFA umumiy hisobda klublar uchun 209 million dollar sarflaydi. Eng ko‘p daromadni ingliz klublari oladi. Yaʼni, Angliyaning 38 ta jamoasiga jami 37,41 million dollar to‘lanadi.

Qayd etilishicha, “Manchester Siti” taxminan 5 million dollar oladi. Bu klublar orasida eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Maʼlumot uchun, Qatardagi Jahon chempionati shu yilning 20 noyabridan 18 dekabrigacha bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: klublarga, sababli, qancha, Jahon, FIFA, to‘lashi, Pul, ochiqlandi, chempionati | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя