Главная » 2022 » Ноябрь » 8 » JCh-2022 uchun Qatarni tanlash xato edi – FIFA sobiq prezidenti
18:47

JCh-2022 uchun Qatarni tanlash xato edi – FIFA sobiq prezidenti


FIFA sobiq prezidenti Yozef Blatterning aytishicha, 2022-yilgi jahon chempionati AQShda bo‘lib o‘tishi kerak edi, ammo UEFA rahbari Mishel Platini Fransiya Prezidentining iltimosiga binoan Qatarga ovoz bergan. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, Qatar Fransiyadan bir necha 10 milliard dollarlik qiruvchi samolyotlar sotib olgan.

“Qatar juda kichik mamlakat. Futbol va jahon chempionati bu davlar uchun juda katta musobaqa. Qatarni tanlash xato edi. Biz ijroiya qo‘mita bilan jahon chempionati 2018-yilda Rossiyada, 2022-yilda esa AQShda o‘tkazilishiga kelishdik. Agar uzoq vaqt davom etib kelayotgan ikki siyosiy raqib navbatma-navbat mundiallarni qabil qilsa, bu tinchlik ishorasi bo‘ladi.

Biroq, FIFAning hal qiluvchi Kongressidan bir hafta oldin, Platini menga qo‘ng‘iroq qilib, bizning rejamiz amalga oshmasligini aytdi. Mishel prezident Sarkozi saroyiga taklif qilindi. U bir kun avval Qatar valiahd shahzodasi bilan kechki ovqat o‘tkazgandi. Sarkozi Platinidan Jahon chempionatini Qatarda o‘tkazilishi uchun biror narsa qiling, deb so‘radi.

Platini mendan prezidentingiz biror narsa iltimos qilsa, nima qilishimni so‘radi. Men bu haqda o‘ylab ko‘rmaganmna, deb javob berdim, chunki Shveytsariyada prezident yo‘q. Xulosa qilib aytganda, Platinining tanlovi sababli jahon chempionati AQShga emas Qatarda o‘tkaziladigan bo‘ldi. Olti oy o‘tgach, Qatar Fransiyadan 14,6 milliard AQSh dollarilik qiruvchi samolyotlar sotib oldi”, – deydi Blatter.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: uchun, FIFA, Prezidenti, sobiq, tanlash, EDI, JCh-2022, Qatarni, Xato | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя